AuroraPolaris kompaniyasi savdo va tijorat obyektlari uchun yuqori sifatli sovitish vitrinlari va stellaj tizimlarini yetkazib beruvchi ishonchli kompaniyadir. Biz Belarusning yetakchi ishlab chiqaruvchilari — EntecoMaster (sovitish vitrinalari) va Arleks (stellaj va savdo javonlari) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilamiz.
Sifat. Ishonchlilik. Professional yechimlar.
AuroraPolaris savdo maydonlari, supermarketlar, do‘konlar va omborlar uchun zamonaviy, uzoq muddat xizmat qiladigan va xalqaro standartlarga javob beruvchi uskunalarni taklif etadi. Belarus ishlab chiqaruvchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik bizga sifat, narx va yetkazib berishda ustunlik beradi.
Yevropa sifatidagi texnologiyalar — Belarusdan
Biz quyidagi ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilamiz:
EntecoMaster (Belarus) — savdo sovutish vitrinalari va sovutish uskunalari ishlab chiqarishda ko‘p yillik tajribaga ega zavod. Mahsulotlari energiya tejamkorligi, mustahkamligi va zamonaviy dizayni bilan ajralib turadi.
Arleks (Belarus) — savdo zallari va omborlar uchun professional stellaj, javon va metall konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi kompaniya. Yuqori yuk ko‘tarish qobiliyati va moslashuvchan tizimlari bilan tanilgan.
Biz faqat mahsulot emas, yechim taklif qilamiz
AuroraPolaris har bir mijozga individual yondashadi. Biz loyiha bosqichidan boshlab, uskunani tanlash, joylashtirish va texnik maslahatlargacha bo‘lgan to‘liq xizmatni taqdim etamiz. Maqsadimiz — sizning savdo maydoningiz samaradorligini oshirish.