Meva-sabzavot stendi
Cash&carry tamoyili bo‘yicha ishlaydigan do‘konlar va gipermarketlarda meva va sabzavotlarni namoyish qilish uchun eng qulay format maxsus stellajlar va javonlardir. Aynan shunday mahsulotlarni biz taklif qilamiz.
Bizning yog‘och va metalldan yasalgan stellajlarimiz xaridorlarga mahsulot bilan barcha tomonidan tanishish va o‘zlariga yoqganini tanlash imkonini beradi. Qolaversa, uskunalar ishlatish uchun qulay va katta savdo maydoniga ega. Sabzavot rastalari jihozlangan maxsus cheklovchilar tufayli mahsulotlar aralashib ketmaydi va ko‘rinishi chiroyli (prezentabel) bo‘lib turadi.
Meva-sabzavot stendlari devorga o‘rnatiladigan (pri-stennie), tortib chiqariladigan (vidvijnie) yoki orol shaklidagi (ostrovnie) bo‘lishi mumkin, bu esa xaridorlar va xodimlarga stellajlarga har tarafdan kirish imkonini beradi.
Meva-sabzavot stendi (1-tur) metalldan yasalgan bo‘lib, yog‘och reyka (to‘siq)lar bilan jihozlangan. Stendda mahsulotlarni joylashtirish uchun ikki qavatli rasta va zarurat tug‘ilganda uchinchi qavatni hosil qilish imkonini beruvchi pastki g‘ildirakli (chiquvchi) javon mavjud.
Gabarit o‘lchamlari (Balandligi x Uzunligi x Chuqurligi), mm: 1400х1300х1260.
Meva-sabzavot stendi (5-tur) metalldan yasalgan bo‘lib, yog‘och reyka (to‘siq)lar bilan jihozlangan. Stendda mahsulotlarni joylashtirish uchun bir qavatli rasta va zarurat tug‘ilganda stellajni ikki qavatli qilish imkonini beruvchi pastki g‘ildirakli (chiquvchi) javon mavjud.
Stend 820 yoki 1270 mm uzunlikda ishlab chiqarilishi mumkin.
Gabarit o‘lchamlari (Balandligi x Uzunligi x Chuqurligi), mm: 1090x820(1270)x1025.
Meva-sabzavot stendi (7-tur) metalldan yasalgan bo‘lib, yog‘och reyka (to‘siq)lar bilan jihozlangan. Stendda mahsulotlarni joylashtirish uchun ikki qavatli rasta va stellajni uch qavatli qilish imkonini beruvchi pastki g‘ildirakli (chiquvchi) javon mavjud.
Stend 880 yoki 1300 mm uzunlikda ishlab chiqarilishi mumkin.
Gabarit o‘lchamlari (Balandligi x Uzunligi x Chuqurligi), mm: 1510х880(1300)х1100.
Sabzavotlar uchun ko'chma (peredvijnoy) rasta metalldan yasalgan. Stendda mahsulotlarni joylashtirish uchun 4 ta qavat (daraja) mavjud. Qavatlarning chuqurligi: 2 ta yuqori qavat 440 mm, 1 ta o'rta qavat 570 mm, 1 ta pastki qavat 700 mm.
Gabarit o'lchamlari (Balandligi x Uzunligi x Chuqurligi), mm: 1347х645х650.