ARLEKS kompaniyasi o‘z mijozlariga savdo uskunalari uchun ranglarning keng tanlovini, metall stellajlar uchun turli aksessuarlarni va xilma-xil materiallar kombinatsiyasini taklif etadi.
Bizning assortimentimizdan quyidagi stellaj turlari joy olgan:
Devorboyi, orolsimon va chetki (torsevoy) stellajlar;
Yarim doira shaklidagi chetki stellajlar;
Ichki va tashqi burchakli stellajlar (90° va 45° burchak ostida).
Shuningdek, stellajlar maxsus yoritish chiroqlari (podsvetka) bilan jihozlanishi mumkin.
Aksessuarlarning boy tanlovi esa uskunani aynan mahsulotingizning xususiyatiga qarab butlash imkonini beradi. Aksessuarlar qatoriga quyidagilar kiradi:
Metall yoki shishadan yasalgan to‘siqlar (cheklovchilar);
Savatlar, ilgaklar, ushlagichlar va konsollar;
Kiyim ilgichlar (veshalka);
Shisha, tabiiy yog‘och va boshqa materiallardan tayyorlangan buyumlar.